BRB-TECH - "Zakovat". Bizning birinchi "Teambuilding"imiz.

BRB-TECH

21.02.2025

"BRB-TECH" kompaniyasining korporativ ruhini yaxshilash maqsadida 2025-yil 21-fevral kuni "Zakovat"formatidagi eng qiziqarli "Teambuilding" bo'lib o'tdi.

Bizning xodimlarimiz intellektual va ko'ngilochar o'yinda faol ishtirok etishdi hamda o'yinning ikki raunddan iborat qismida 1-o'rin uchun elkama-elka kurashdilar. O'yin tufayli jamoalar o'zlarining birdamligini va bir-birlariga yordam berishga bo'lgan ijobiy g'ayratlarini namoyish etdilar.


Tafsilotlar:

Bizning shafqatsiz hakamlar hay'ati:


Isomiddin Pulatov - PR va marketing bo'limi boshlig'i;


Sahobiddin Rahmatullayev - ma'muriy va tashkiliy bo'limi boshlig'i.


Tadbirning yetakchisi va ssenariy muallifi - Nakiya Raximova.


Texnik qo'llab-quvvatlash (musiqa va tashkiliy masalalar) - Nodirbek Najmiddinov.


Oldindan o'tkazilgan qur'a natijalariga ko'ra, jamoalar bo'linib, o'zlariga jamoa sardori tanladilar, shuningdek, o'z jamoalariga nom berdilar.



O'yin ikkita intellektual turdan iborat edi –

Birinchisi, savol-javob hamda ikkinchisi rasmdagi mashxur insonlarni topish.

Har bir to'g'ri javob uchun hakamlar 5 ball berishdi.


G'olib "25+" jamoasi bo'ldi!


2-o'rinni "BRB-TECH Shark" jamoasi egalladi


va 3-o'rin "Qizillar" jamoasiga nasib etdi.


Tadbirning natijasi va uning mohiyati jamoani birlashtirishdir, chunki asosiy jihat g'alaba emas, balki ishtirok etishdir.

Keling, birinchi qadamni birgalikda qo'yamiz.

Manzil

Toshkent shahri, Muhandislik fakulteti, Shota Rustaveli, 53B

Telefon

+998 (55) 513 05 05

Elektron pochta

main@brb-tech.uz

Keling, birinchi qadamni birgalikda qo'yamiz.

Foydalanish shartlari

BRB T ECH