BRB-TECH
08.08.2024
2024-yil 8-avgust kuni "BRB-TECH" va School 21 o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
🎉 BRB-TECH va School 21: O‘zbekiston IT-sanoati kelajagi uchun strategik hamkorlik! 🎉
2024-yil 8-avgust kuni O‘zbekiston IT-sohasi uchun muhim voqea sodir bo‘ldi. "BIZNESNI RIVOJLANTIRISH BANKI" ATB tomonidan yaratilgan va dunyodagi eng yirik texnologiya asosida ishlaydigan gigantlar qatori faoliyat yurituvchi yetakchi innovatsion BRB-TECH kompaniyasi School-21 IT-ta'lim muassasi bilan o‘zaro hamkorlik memorandumini imzoladi. Hujjatni BRB-TECH bosh direktori Shonazarov Farhod Shodiyor o'g'li va School 21 bosh direktori Luxmanova Zarina Tolibovna imzoladilar.
🤝 Hamkorlikning asosiy yo'nalishlari:
O‘quvchilarning malakasini oshirish uchun ta’lim dasturlarini yaratish va resurslarni almashish, School-21da amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun laboratoriya tashkil etish, bitiruvchilarni amaliyot va maxsus dasturlar asosida ishga joylashtirishni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, BRB-TECH kompaniyasining mutaxassislari ishtirokida qo‘shma seminarlar va mahorat darslarini o‘tkazish.
BRB-TECH doimo zamon talabiga hamnafas yechimlar yaratib, bir qadam oldinda bo‘lishga intiladi. Ishonchimiz komilki, ushbu hamkorlik O‘zbekistonda va xorijda IT sohasi rivojiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan yangi g‘oyalar va loyihalar uchun katalizator bo‘ladi.
🔗 Yangiliklarimizni kuzatib boring va raqamli kelajak sari biz bilan birga bo'ling!