loyihalar
Yangiliklar haqida xabardor bo'ling

«Mening Biznesim» mobil ilovasi

"Mening Biznesim" - bu tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan imtiyozli resurslar, mexanizm va yangilliklardan foydalanish samaradorligini oshirish orqali aholi bandligini ta’minlash, iqtisodiyot tarmoqlarida rasmiy band bo‘lgan fuqarolarni rag‘batlantirish tizimi.

«Mening Buyurtmam» mobil ilovasi

“Mening Buyurtmam” mobil ilovasi - maishiy ishlaringiz va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi ishonchli yordamchingiz! Ilova yordamida siz o‘z xonadoningizda mebelni ta'mirlash, tomni bo‘yash, og‘ir yuklarni ko‘tarish yoki kun bo‘yi haydovchini yollash kabi xizmatlar uchun malakali mutaxassislarni oson va tez topishingiz mumkin.

«Biznes 24/7»

"Biznes 24/7" elektron platformasi O'zbekiston Respublikasi mikro, kichik va o'rta korxonalari uchun maxsus ishlab chiqilgan kompleks raqamli muhitdir. U O'zbekistonda biznes yuritish va rivojlantirishning asosiy jihatlarini qamrab oluvchi modullar to'plamini taqdim etadi.

«EDU biznes 24/7»

Bizning taʼlim platformamiz kichik va o‘rta biznesni, shuningdek, o‘z-o‘zini ish bilan taʼminlaydigan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash uchun yaratilgan. U o‘quv materiallari, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan dasturlar va biznesni rivojlantirish vositalaridan foydalanish imkoniyatini beradi. Loyihaning asosiy maqsadi — tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish va o‘z-o‘zini ish bilan band bo‘lganlarga shaffof ish modeliga o‘tishda yordam berish, mijozlar bazasiga va qonuniy faoliyatning afzalliklariga kirishni taʼminlash.

«Mening Tomorqam» mobil ilovasi

Dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalari uchun zamonaviy yechimlarni birlashtirgan onlayn platforma: tovarlarni sotish va sotib olish, biznesingizni modernizatsiya qilish, imtiyozli moliyalashtirish.

«Mening Tomorqam» veb sayti

Dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalari uchun zamonaviy yechimlarni birlashtirgan onlayn platforma: tovarlarni sotish va sotib olish, biznesingizni modernizatsiya qilish, imtiyozli moliyalashtirish.

«Faktoring» veb-platforma

Platforma faktoring jarayonini arizadan moliyalashtirishgacha soddalashtiradi. Avtomatik baholash va ma'lumotlar integratsiyasi orqali xavflar kamayadi va qarorlar tezlashadi. Monitoring va tahlil vositalari shaffoflikni ta'minlaydi. CRM integratsiyasi, eslatmalar va hisobot funksiyalari platformani moslashuvchan qiladi. Monetizatsiya modeli bankka loyiha xarajatlarini qoplashga va tijorat salohiyatini oshirishga yordam beradi.

«Kredit monitoringi va erta ogohlantirish signallari»

Loyiha kredit risklarini boshqarish jarayonlarini raqamlashtiradi va bankning boshqaruv qarorlarini qabul qilish tezligini oshiradi.

«CRM» veb platformasi

Platforma mijozlar, murojaatlar va savdo jarayonlarini yagona tizimda boshqarishni ta’minlaydi. Avtomatlashtirilgan jarayonlar, savdo voronkasi va eslatmalar tizimi orqali barcha lidlar va bitimlar har bir bosqichda nazorat qilinadi. Telefoniya, messenjerlar, veb-sayt, elektron pochta va to‘lov xizmatlari bilan integratsiya mijozlar bilan uzluksiz ishlashni ta’minlaydi. Tahlil va hisobot vositalari real vaqt rejimida savdo samaradorligi hamda xodimlar faoliyatini baholash imkonini beradi. Platformani kompaniyaning biznes jarayonlariga moslash imkoniyati murojaatlarni qayta ishlashni tezlashtirish, savdo konversiyasini oshirish va savdo bo‘limi faoliyatining shaffofligini ta’minlashga yordam beradi.

«HRM» veb platformasi

Platforma xodimlarni boshqarishning barcha jarayonlarini yagona raqamli tizimda birlashtiradi. Xodimlar, bo‘limlar, vakant o‘rinlar va ish jarayonlari avtomatlashtirilishi tufayli HR jarayonlari tezlashadi va samaradorligi oshadi. ERP, CRM va boshqa korporativ tizimlar bilan integratsiya ma’lumotlar almashinuvi va uzluksiz ish jarayonini ta’minlaydi. Tahlil va hisobot vositalari xodimlar faoliyati, ish vaqti va HR ko‘rsatkichlarini real vaqt rejimida nazorat qilish imkonini beradi. Platformani kompaniyaning ichki jarayonlariga moslashtirish boshqaruv samaradorligini oshirish, vaqtni tejash va kadrlar bilan ishlashning shaffofligini ta’minlashga yordam beradi.