“BRB-TECH” va VEON AdTech o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

BRB-TECH

12.07.2024

BRB-TECH kompaniyasining bosh direktori Shonazarov Farhod va VEON AdTech kompaniyasining bosh direktori George Held o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

2024 yil 12 iyul kuni “VEON AdTech” ofisida “BRB-Tech” va “VEON AdTech” kompaniyalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ushbu memorandumga binoan tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qiladilar:

🔹Texnologik loyihalarni birgalikda ishlab chiqish va amalga oshirish;

🔹Xalqaro bozorlarda FinTech mahsulotlarining kengaytirish;

🔹Qo‘shma ta’lim dasturlari va bank xizmatlarini rivojlantirish.