2024-yil 17-sentabr kuni “Biznes Rivojlantirish Banki”da “BRB-TECH” va “USAID” oʻrtasida muhim uchrashuv boʻlib oʻtdi.

BRB-TECH

18.09.2024

“BRB-TECH” IT-kompaniyasi rahbari tomonidan moliyaviy texnologiyalari va IT sohalarida hamkorlik qilish va hamkorlikning istiqbollari muhokama qilindi. Uchrashuvga “BRB-TECH” bosh direktori Shonazarov Farxod Shodiyorovich va “USAID” tashkilotining “Biznesni qoʻllab quvvatlash loyihasi” ning direktori Milo Stefanovich rahbarlik qildilar.

Uchrashuv davomida tomonlar innovatsion yechimlarni joriy etish, moliyaviy jarayonlarning samaradorligini oshirish va hamkorlik loyihalarini rivojlantirishga qaratilgan gʻoyalar va strategiyalarni muhokama qildi.

Ushbu hamkorlik tadbiri oʻzaro manfaatlar asosida, uzoq muddatli va samarali sheriklik sari muhim yoʻnalish boʻladi deb ishonamiz. Mazkur tadbir har ikki tashkilot uchun koʻplab oʻsish va innovatsion imkoniyatlarni olib keladi!

Keling, birinchi qadamni birgalikda qo'yamiz.

Manzil

Toshkent shahri, Muhandislik fakulteti, Shota Rustaveli, 53B

Telefon

+998 (55) 513 05 05

Elektron pochta

main@brb-tech.uz

Keling, birinchi qadamni birgalikda qo'yamiz.

Foydalanish shartlari

BRB T ECH