BRB-TECH va "Biznesni rivojlantirish banki" ATB Alibaba Cloudni kutib oldi: Bulutli texnologiyalarning yetakchi yetkazib beruvchisi bilan uchrashuv!

BRB-TECH

26.09.2024

2024 yil 24 sentyabr kuni "Biznesni rivojlantirish banki" ATB jamoasi Alibaba Groupʼning sho‘ba korxonasi bo‘lgan Alibaba Cloud vakillarini o‘z ofisida mamnuniyat bilan kutib oldi. Alibaba Cloud kompaniyasi Xitoy va Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi eng yirik bulutli yechimlar taqdim etadigan kompaniya hisoblanib xalqaro miqyosda yuqori obro‘ga ega.

Uchrashuv davomida BRB-TECH bosh direktori Shonazarov Farxod Shodiyorovich ishtirokida muhim masalalar muhokama qilindi. Biz hamkorlik istiqbollarini ko‘rib chiqdik, bulutli texnologiyalar, raqamli yechimlar va elektron tijorat sohasidagi tajribalarimizni almashildi hamda biznesni raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha yangi imkoniyatlarni o‘rganib chiqildi.

Alibaba Cloud, Alibaba Groupʼning texnologik yadrosi sifatida, butun dunyo bo‘ylab ilg‘or bulutli texnologiyalar ishlab chiquvchi global lider hisoblanadi. Ularning hamkorlari orasida Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi kabi yirik tashkilotlar ham bor, bu ularning bozor lideri va ishonchli hamkor ekanligini tasdiqlaydi.

BRB-TECH, "Biznesni rivojlantirish banki" ATB va Alibaba Cloud mintaqada yangi raqamli davrni yaratish va biznesni rivojlantirish uchun kuchlarni birlashtiradi. Sizning biznesingiz uchun yangi eʼlonlar va imkoniyatlar haqida kuzatib boring!

Keling, birinchi qadamni birgalikda qo'yamiz.

Manzil

Toshkent shahri, Muhandislik fakulteti, Shota Rustaveli, 53B

Telefon

+998 (55) 513 05 05

Elektron pochta

main@brb-tech.uz

Keling, birinchi qadamni birgalikda qo'yamiz.

Foydalanish shartlari

BRB T ECH