Joriy yilning 26-sentabr kuni BRB-TECH jamoasi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga tashrif buyurdi.

BRB-TECH

27.09.2024

Uchrashuvda hamkorlikning muhim masalalari, bulardan, bitiruvchilarning amaliyot o‘tash imkoniyatlari, ularni yuqori maoshli kasb bilan bandligini ta’minlash, shuningdek, jamoamizning yetakchi mutaxassislari ishtirokida seminar-treninglar o‘tkazish bo‘yicha memorandumlar imzolash masalalarini muhokama qilindi.

Bundan tashqari, universitet talabalariga BRB-TECH bilan birgalikda real loyihalar bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish imkonini beruvchi Dual ta’lim tizimini joriy etish rejalari ko‘rib chiqildi.

Universitet vakillari ham bizga universitet bo‘ylab ekskursiya uyushtirib, uning ilg‘or texnologiyalari, zamonaviy infratuzilmasi va talabalar uchun yaratilgan ulkan imkoniyatlarni namoyish etishdi. Universitet o‘zining miqyosi va ta’limga innovatsion yondashuvi bilan bizni hayratda qoldirdi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti O‘zbekistonda IT va telekommunikatsiyalar sohasida mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha yetakchi markaz hisoblanadi. Universitetning Farg‘ona, Urganch, Qarshi, Samarqand va Nukus shaharlarida filiallari ham mavjudligini ta’kidlab o‘tish lozim.

Keling, birinchi qadamni birgalikda qo'yamiz.

Manzil

Toshkent shahri, Muhandislik fakulteti, Shota Rustaveli, 53B

Telefon

+998 (55) 513 05 05

Elektron pochta

main@brb-tech.uz

Keling, birinchi qadamni birgalikda qo'yamiz.

Foydalanish shartlari

BRB T ECH