BRB-TECH
10.12.2024
Davlat madhiyamiz – xalqimizning g‘ururi, birligi va milliy qadriyatlarining timsoli. 1992-yil 10-dekabr kuni qabul qilingan ushbu madhiyamiz Vatanimizga bo‘lgan cheksiz muhabbat va sadoqatni aks ettiradi.
Har bir satri bizga o‘z tariximizni, an’ana va urf-odatlarimizni qadrlashni eslatib turadi. Yurtimizni yana-da rivojlantirish va yosh avlodga tinch va farovon hayot yaratish uchun harakat qilish – har birimizning burchimizdir!
Bugungi kun munosabati bilan barcha vatandoshlarimizni tabriklaymiz! Davlat madhiyamiz yuragimizda jaranglasin va yangi marralarga yetaklasin!