Qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari bilan uchrashuv

BRB-TECH

18.02.2025

Maqsad – tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklarini raqamlashtirish, innovatsiyalar orqali rivojlantirish hamda eksportni qo‘llab-quvvatlash.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklari faoliyatida zamonaviy tashkiliy tizimni joriy qilish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-22-son farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2025-yil 18-fevral kuni "Biznesni rivojlantirish banki" ATB ishchi guruhi, Bekobod tuman hokim yordamchilari va Respublika agroxizmatlar markazi vakillari Bekobod tumanining Farhod, Beshyuz, Bog‘ishamol va Mallaboy MFYlarida tomorqa yer egalari, dehqon xo‘jaliklari va eksportchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.



Uchrashuv davomida tomorqachilar va dehqon xo‘jaliklari uchun online platforma orqali yangi imkoniyatlar yaratish, mahsulotlarni savdoga qo‘yish, xaridorlar bilan bevosita savdo qilish, subsidiyalar va imtiyozli kreditlardan foydalanish hamda mutaxassislardan online maslahat olish masalalari bo‘yicha fikr-mulohazalar o‘rganildi.



Keling, birinchi qadamni birgalikda qo'yamiz.

Manzil

Toshkent shahri, Muhandislik fakulteti, Shota Rustaveli, 53B

Telefon

+998 (55) 513 05 05

Elektron pochta

main@brb-tech.uz

Keling, birinchi qadamni birgalikda qo'yamiz.

Foydalanish shartlari

BRB T ECH