BRB-TECH Janubiy Koreyada INZENT kompaniyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi
BRB-TECH
24.04.2025
BRB-TECH vakillari Janubiy Koreyaga rasmiy tashrifi doirasida IT sohasida yetakchi hisoblangan INZENT kompaniyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi:
— bank mahsulotlarini raqamlashtirish,
— platformaviy yechimlar,
— moliyaviy sektorda innovatsion texnologiyalarni joriy etish.
Tomonlar uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanini bildirishdi.