Imkoniyatlar ufqining kengayishi!
BRB-TECH
26.04.2025
26-aprel kuni "BRB-TECH" va "INFINGURU Corporation" (Vyetnam) kompaniyalari Janubiy Koreyada o‘tgan WORLD IT SHOW 2025 ko‘rgazmasi doirasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladilar.
Memorandum maqsadi — INFINGURU GruAD dasturiy ta'minotini O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda joriy etish, lokallashtirish va qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlarini o‘rganish va hamkorlikni rivojlantirish.