BRB-TECH “Dubai Fintech 2025” sammitida ishtirok etdi
BRB-TECH
11.05.2025
BRB-TECH – Dubai Fintech Summit 2025’da xalqaro texnologik hamkorlik sari dadil qadam!
Sammit davomida Alibaba Cloud va BAA Markaziy Banki (CBUAE) kabi yetakchi tashkilotlar bilan Sun’iy intellekt, fintech, va raqamli pul yo‘nalishlarida hamkorlik muzokaralari olib borildi.
Bu tashrif BRB-TECH uchun xalqaro maydonda o‘z imkoniyatlarini kengaytirish, hamkorlik tarmog‘ini mustahkamlash va O‘zbekiston fintech ekotizimini ilgari surishdagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi!