ICT Week doirasida biz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzoladik!
BRB-TECH
22.09.2025
2025-yil 23-sentyabr kuni "BRB-TECH" va TATU University bilan hamkorlik memorandumi imzoladi
Bu hamkorlik nimalarni anglatadi?
🔹 TATU talabalari BRB-TECH’da amaliyot va stajirovka o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladi;
🔹 Biz o‘z tajribamiz va bilimlarimiz bilan bo‘lishamiz, yosh mutaxassislarning malakasini oshiramiz;
🔹 Sohadagi dolzarb muammolarni birgalikda yechamiz va iste’dodli yoshlarni ish jarayoniga jalb qilamiz.
🔹  Bu qadam — biz uchun shunchaki qog‘ozdagi kelishuv emas. Bu — yoshlar kelajagiga va O‘zbekiston IT ekotizimining rivojiga qilingan sarmoya.