School 21 bilan hamkorlik doirasida maktabning tug‘ilgan kuni munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tadbirida ishtirok etdik.

BRB-TECH

02.10.2025

BRB-TECH School 21ning tug‘ilgan kun bayramida ishtirok etdi TOSHKENT – 2025-yil 2-Оktyabr– BRB-TECH jamoasi yaqinda School 21 maktabining tug‘ilgan kuni munosabati bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda ishtirok etdi. Mazkur tadbir davomida yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqotlar o‘tkazildi, qiziqarli uchrashuvlar tashkil qilindi va ilhomlantiruvchi muhit yaratildi. Ushbu ishtirok biz uchun nafaqat quvonchli, balki ta’lim sohasida innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida muhim tajriba bo‘ldi. BRB-TECH jamoasi School 21ni ushbu muhim sana bilan chin dildan tabriklaydi hamda ularning ta’lim sohasidagi fidokorona sa’y-harakatlarini yuqori baholaydi. Kompaniya kelgusida hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirishga, yosh avlod uchun innovatsion imkoniyatlar yaratishga va ta’lim jarayoniga yangi texnologiyalarni tatbiq etishga tayyor ekanini bildiradi. BRB-TECH uchun bu hamkorlik yoshlarning salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ta’lim muhitida ilg‘or raqamli yechimlarni joriy etish va mamlakatimizda texnologiyalar ekotizimini mustahkamlashga xizmat qiladi.